Pep Gvardiola: "Lautaro Martines – ajoyib futbolchi"

Sherzod Nurmatov
18 sen 2024, 14:08
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Inter" hujumchisi Lautaro Martines haqida gapirdi.

"U "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin. Albatta, bu sovrinni "shaharliklar"dan kimdir olishini istardim, lekin Lautaro Martines – ajoyib futbolchi. Agar siz "Inter" sardori bo'lsangiz, Argentina terma jamoasida o'ynasangiz, Jahon va Amerika Kubogi g'olibi bo'lgan bo'lsangiz, demak, o'zgacha o'yinchisiz", – dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Oltin to'p" uchun 30 nafar nomzod ro'yxati e'lon qilingandi. "Inter" sardori va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines ham da'vogarlar qatorida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports