Pentek APLga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 okt 2018
"Jenoa" hujumchisi Kshishtof Pentek faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Football Italia xabariga ko'ra, "Chelsi" 23 yoshli hujumchi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Oldinroq uning xizmatlariga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgandi.

Polshalik futbolchi bu mavsumda 8 o'yinda qatnashdi va 13 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia