Kshishtof Pentek Ronalduga yetib oldi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2019
Italiya A Seriyasining 27-turida “Milan” hujumchisi Kshishtof Pentek “Kevo” darvozasiga gol kiritib, jamoasiga 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Polshalik hujumchi Italiya chempionatining joriy mavsumidagi gollari sonini 19taga etkazib, musobaqa to'purarlari Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) va Fabio Kualyarellaga (“Sampdoriya”) yetib oldi.

“Milan” esa Pentek taqdim etgan g'alabadan so'ng, ochkolari sonini 51taga etkazdi va A Seriyaning uchinchi pog'onasida mustahkam o'rnashib oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CA