Pellegrini "Real" omad tufayligina finalga yo'l oldi deb hisoblamoqda

12 may 2016, 23:35
"Manchester Siti"ning chililik bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Madriddagi bahsda durang natijasi qayd etilganida adolatdan bo'lardi deb aytdi.


"Biz juda xafamiz. Chunki mag'lubiyatga munosib emasdik. "Real"ga gol kiritilgan vaziyatda omad kulib boqqani tufayli g'alaba qozonishdi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikkala jamoa ham golga tortadigan vaziyatlarni yaratishda faollik ko'rsatishmadi. Nima ham derdim, omad "Real" tarafida bo'ldi. To'g'ri "Real" kuchli raqib, ammo bu to'qnashuvda hech bir jamoa g'alabaga loyiq emasdi", - deydi Pellegrini.

O'xshash yangiliklar


Manba: eurosport.ru