
"Shubhasiz, Avstraliya jahon chempionatini qabul qilishi mumkin. Men bu yerda bo'lganimda, ko'pchilik mundial haqida o'ylanib qolishdi. Hozir buning ayni vaqti. Ular mundialga qanday tayyorgarlik ko'rishi mumkin? Ularda yaxshi futbolchilar va yaxshi jamoa bor. Avstraliyadan tashqarida to'p tepuvchi futbolchilar ham bor. Bir kun kelib Avstraliya jahon chempionatini qabul qilishiga shubha qilmayman" - deydi Pele.