Pedro va Villian “Chelsi”da qolishga rozi bo'ldi

24 iyun 2020, 08:35
Ikkala futbolchi ham mavsum so'ngiga qadar klubda qoladi.

“Chelsi” vingerlari Pedro hamda Villian APL va Angliya Kubogining joriy mavsumi yakuniga qadar klubda qolishga rozilik berdi. Ikkala futbolchining ham shartnomasi aslida 30 iyunda yakuniga etardi. “Chelsi” ushbu musobaqalardagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng ikkala futbolchi ham Londonni tark etadi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra Pedro “Roma”ga o'tadi. Villian esa hozircha yangi jamoasi borasida bir qarorga kelmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic