

29 yoshli fransiyalik qishki transfer oynasida "Vest Xem"dan "Marsel"ga o'tdi.
"Velodrom" avvalgidek. Maydonga tushayotganimda nimani his qildim? Etim jimirladi.
"Marsel" "Lion" kabi grandlar bilan raqobatlasha oladi, ammo ishlashda davom etishim lozim. Bunga vaqt kerak, chunki bir oy o'ynaganim yo'q" - deydi Payet.
"Marsel" Fransiya Kubogi 1/16 final bahsining qo'shimcha bo'limida "Lion"ni mag'lub etdi (2:1), Payet esa 94-daqiqada maydonga tushdi.



