Yo'g'e?! Dmitri Payet raqib darvozaboniga tegmay uni jarohatladi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 12:14
16 yanvar kuni "Marsel" hamda "Strasbur" o'rtasida Fransiya chempionatining 21-tur uchrashuvi (2:0) bo'lib o'tdi.

Mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozongan bahsda raqib darvozaboni Aleksandr Ukija jarohat oldi va ushbu shikastlanish Dmitri Payetning golidan so'ng sodir bo'ldi. Payet posbon bilan birga-bir chiqdi va hujumchi aldamchi harakat bilan Ukijadan qochib, gol urdi. Fintga uchgan darvozabon esa noto'g'ri harakat qilgani tufayli jarohat oldi va o'yinni muddatidan avval tark etdi.

TAS-IX



TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia