

- Yevropadan Osiyoga ko'chib o'tish baribir tavakkal hisoblanadi. "Paxtakor"ni tanlashingizga aynan nima sabab bo'ldi?
- Barchaga xayrli kun. O'zbekistonda ekanimdan xursandman. Maksim Shackix 3 yil ichida 2 marta chempion bo'ldi. Bu ajoyib natija. Men jamoa bilan yangicha uslubda o'ynashni istayman. Bu yerda kelishimdan oldin klubni o'rganib chiqdim va o'zimda nimanidir o'zgartirishni xohladim. Klubning g'oyasi va rejalari menga yoqdi. 2024 yilda yoshlarga e'tibor qilingani kelajakda albatta o'z mevasini beradi. Klubni o'rganishni boshladim va kechagi o'yinni ham tomosha qildim. O'yin menga yoqdi. Yevropaning ko'p klublarida yordamchi bo'lib ishladim, endi u tarix. Futbol muxlislarini chiroyli o'yin orqali tribunalarga qaytarishga harakat qilamiz.



