“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlar tarixidan

Narzulla Saydullayev
4 may 2018, 09:55
Superliganing 10-turida "Qo'qon-1912" Toshkentda “Paxtakor” klubi mehmoni bo'ladi.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlariga bog'liq statistik ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar


“Paxtakor” va “Qo'qon-1912” O'zbekiston chempionatlari shu kunga qadar 24 marta to'qnash kelishgan. Toshkent klubi 14 marta g'olib bo'lgan, 5 ta o'yinda durang qayd etilgan. Qo'qonliklar hisobida 5 ta g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda – 67:35. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 47, “Qo'qon-1912” 20 ochkoni  qo'lga kiritgan.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvlar:
14.10.2017 Paxtakor – Qo'qon-1912 2:0
11.03.2016 Paxtakor – Qo'qon-1912 4:0
08.08.2015  Paxtakor – Qo'qon-1912 4:1
18.03.2003 Paxtakor – Qo'qon-1912 5:1
30.08.2002 Paxtakor – Qo'qon-1912 5:0

Hakamlar

6 may yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Paxtaqor” –  “Qo'qon-1912” uchrashuvini Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu referi 6-tur doirasidagi AGMK - “Qo'qon” bahsida ishlagan edi.

Superliga
10-tur
6 may (yakshanba)
“Paxtakor” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: 
SH.Qosimov (Toshkent), R.Shoyaxmetov (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), D.Akmalov (Toshkent).
Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent).
Komissar – SH.Rajabov.
 
Boshlanish vaqtlari
Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 5 may, kuni “Jar” stadionida 16:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini “Paxtakor” stadionida 6 may kun kuni 18:00da start oladi.

“Qo'qon-1912” sadoqatli ishqibozlarni ushbu bellashuvga taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz