"Paxtakor" "Neftchi" himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018, 09:51
O'tgan mavsumni "Neftchi"da o'tkazgan himoyachi "Paxtakor" a'zosiga aylandi.

21 yoshli futbolchi bilan "Paxtakor" ikki yillik kelishuvga erishdi. G'ofurov 2016 va 2017 yilgi mavsumlarda "Neftchi" tarkibida 19 uchrashuvda maydonga tushgan. U 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoada asosiy himoyachilardan biri sanaladi va ayni paytda Xitoyda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Husniddin G'ofurov haqida ma'lumot
Tug'ilgan sanasi: 
20.03.1997
Tug'ilgan joyi: Farg'ona
O'ynagan jamoasi: 2016-17 "Neftchi" 19 uchrashuv


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz