

"Paxtakor" stadionida o'tkaziladigan marosimda ishqibozlar Shota Arveladze va Marko Simich bilan tanishib olish imkoniga ega bo'lishadi. Muxlislar uchun alohida dastur mo'ljallangan bo'lib, ular e'tiboriga koncert dasturi havola etiladi. Arveladze va Simich maydonga chiqib, tanishtiruv qismi tugagach, esdalik sovg'alari taqdim etiladi.
Ishqibozlar "Paxtakor" stadioniga Islom Karimov shoh ko'chasi tarafdan kirib, 32-sektorga joylashishlari mumkin. Muxlislar uchun tadbir 18:30da boshlanadi.




