

Turning markaziy bahsi har ikki jamoa uchun juda muhim sanaladi. Bugungi uchrashuvda "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlash istagida bo'lgan ishqibozlar "Lokomotiv" stadioni kassalaridan 3 va 4-sektorlar uchun chipta xarid qilishlarini so'raymiz. Jamoamiz muxlislari uchun aynan shu sektorlar ajratilgan. Umid qilamizki, muhim bahsda futbolchilarimizni ko'plab ishqibozlar ruhiy tarafdan qo'llab turishadi.
"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bugun soat 17:00da TTZ dahasida joylashgan "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.



