

"Paxtakor"da futbolchi sifatida 13 mavsum to'p tepgan va chempionat o'yinlarida eng ko'p maydonga tushgan o'yinchi sanalgan Gennadiy Denisov selekcioner murabbiy sifatida faoliyatini qadrdon klubida davom ettiradigan bo'ldi. Endilikda u asosiy va yoshlar jamoalari tarkibi uchun iqtidorli futbolchilarni izlab topish bilan shug'ullanadi.
Aleksandr Mochinov esa "Paxtakor" yoshlar jamoasida Jasur Abduraimovga yordam beradi. 40 yoshli murabbiy yoshlar tarkibiga akademiyadan kelib qo'shilayotgan tarbiyalanuvchilar mahoratini o'stirishda o'z yordamini berishga intiladi.
Har ikki mutaxassisga klubimizdagi faoliyatida omad tilaymiz.




