"Paxtakor" bugun nazorat uchrashuvlarini boshlaydi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2016, 18:39
8 iyul kuni tibbiy ko'rikdan o'tgan "Paxtakor" futbolchilari 11 iyuldan boshlab Qibraydagi qarorgohda ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
Bugun ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasidan o'rin olgan birinchi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi. Raqib G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi. Ta'kidlab o'tish lozim, "Paxtakor"ning 8 nafar o'yinchisi milliy terma jamoaga jalb etilgan va ular 25 iyulda klub ixtiyoriga qaytishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz