
Dilshod Nuraliev qo'l ostida birinchi ligada ishtirok etadigan jamoa bir qator yoshlarni sinab ko'rishda davom etmoqda. Shu tariqa 2014 yil bu jamoa safida maydonga tushadigan futbolchilar saralab olinyapti. Yakshanba kuni "Chilonzor" stadionida "Olmaliq" o'rinbosarlariga qarshi kechgan bellashuvda Ramziddin To'xtanazarov tomonidan kiritilgan yagona to'p Nuraliev shogirdlariga g'alaba keltirdi. 1995, 1996 va 1997 yillarda tavallud topgan o'yinchilardan iborat jamoa navbatdagi uchrashuvlarni 30 yanvar kuni Qarag'andaning "Shaxtyor" va 2 fevral kuni "Andijon" klublari bilan o'tkazadi. Shundan keyin poytaxtimizda bo'lib o'tadigan PFL Kubogida qatnashadi.