"Paxtakor" BAAda "Rostov", "Jilina" va "Suvon Samsung" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2019, 12:15
"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida bir necha nazorat bahslari o'tkazadi.

13 yanvar kuni Toshkentda Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs bo'lib o'tadi. Shundan so'ng BAAning Abu Dabi amirligida 15-30 yanvar kunlari yig'in o'tkazadigan "Sherlar" u yerda uchta bellashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. 20 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov", 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalari bilan o'yinlar o'tkaziladi.

Mavsumdagi ilk rasmiy bahsini "Paxtakor" 10 fevral kuni Toshkentda BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga qarshi Chempionlar Ligasi doirasida o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz