
Milliy terma jamoa uchrashuvlari bilan bog'liq tanaffus tufayli oliy ligada navbatdagi tur o'yinlari 13 va 14 sentyabr kunlari o'tkaziladi. Shu sababli asosiy tarkib a'zolari 1 sentyabrga qadar dam olishadi. Kuzning ilk kunidan boshlab mashg'ulotlar Qibraydagi bazada davom ettiriladi. 4 sentyabr kuni "Buxoro", 9 sentyabrda esa "Navbahor"ga qarshi nazorat bahslari tashkil etiladi. Oliy ligadagi bellashuv 14 sentyabrda Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o'tkaziladi.