"Paxtakor": Asosiy tarkib 20 dekabrgacha tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2013, 16:19
Mavsum yakuniga etgach, boshqa jamoalar qatori "Paxtakor" futbolchilari ham tatilga chiqishdi.
Murabbiylar shtabi 20 dekabrga qadar futbolchilarga dam berishga qaror qilishdi. Dekabrning oxirgi kunlarida esa jamoa tibbiy ko'rikdan o'tish va mashg'ulotlarning birinchi bosqichini boshlash uchun yig'iladi. Yangi yilda xorij yig'iniga jo'nab ketiladi. 5 nafar futbolchi, Lobanov, Hoshimov, Kozak, Iskanderov va Sergeev esa milliy terma jamoa uchrashuvlaridan keyin tatilga chiqishadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz