"Paxtakor": Adnan Oraxovac bilan shartnoma imzolandi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2015, 12:56
"Paxtakor" chernogoriyalik himoyachi Adnan Oraxovac bilan shartnoma imzoladi.
Himoyachi dekabr oyida Toshkentga tashrif buyurib, jamoamiz ko'rigidan o'tayotgandi. Murabbiylar shtabiga uning o'yini maqul keldi va Adnan "Paxtakor" sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Oraxovac bungacha Chernogoriyaning "Buduchnost" va Serbiyaning "Edinstvo" klublari sharafini himoya qilgan. 24 yoshli himoyachi Chernogoriya chempioni va kubogi sohibiga aylangan.

Adnanning "Paxtakor"dagi faoliyati samarali va g'alabalarga boy bo'lishini tilab qolamiz.

Adnan Oraxovac
Tug'ilgan sanasi: 05.02.1991
O'ynagan jamoalari: "Buduchnost" 2009-14 (49 o'yin, 3 gol), "Edinstvo" 2014 (15 o'yin).
Chernogoriya chempioni (2011-12) va kubogi g'olibi (2012-13).

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz