"Paxtakor" 12 iyulga qadar tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 11:39
"Bunyodkor"dan ustun kelgan asosiy tarkib a'zolari kechadan boshlab yozgi tatilga chiqishdi.
Endi 12 iyulga qadar futbolchilar va jamoa a'zolari dam olishadi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni Toshkent va Qibrayda olib boriladi. 15 iyul kuni futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Shundan so'ng nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi mo'ljallangan. Ikkinchi davrani "Paxtakor" 3 avgust kuni Toshkentda "Andijon"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz