

Bu ishlarning natijasini va ish faoliyatini esa shaxsan yurtboshimizning o'zlari nazorat qilmoqda va bunga javoban viloyatlar va tumanlarda qolaversa chekka-chekka qishloqlarda yosh umidli bolalarni tarbiyalanib, katta futbolga olib kelinmoqda. Hozircha esa natijalar yomon bo'lmayapti nazarimizda.
Ammo olib borilayotgan islohatlarning “masofasi” uzunroq emasligi ko'ngilni ozgina xira qiladi. Yani bir necha kun ilgari biz Samarqand viloyati Paxtachi tumani Qarnab ota qishlog'iga sayoxat qilgandik. Bu yerdagi bolalarni, umidli yoshlarni ko'rib, qani endi bularga bir sport majmuasi bo'lsayu ular ham katta futbolda ko'rinish bersa degan fikr uyg'ondi. Sababi bu yerdagi qurilgan ammo qarovsiz qolib ketgan stadion va kurash sport majmuasi haligacha mutassaddilarning etiboridan chetda qolmoqda. To'g'ri qurilgan paytda juda havas qilgulik darajada bo'lgan bu maydon ayni damga kelib ayanjli ahvolga tushib qolgan.
Bilasizmi bu yerdagi yosh avlodning bizga murojati juda ta’sirli bo'ldi. Ularning Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasiga murojatlari javobsiz qolgani esa bizningcha ham kunglida futbolga mexri bor insonni xam mexrini yo'q qilib quyishi aniq. Stadionda na futbol o'ynasa bo'ladi, na to'p tepsa bo'ladi.
Aniqlik kiritilishicha stadion Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli bo'lim tomonidan qurib qishloq yoshlariga foydalanishga topshirilgan. Korxonaning sport bo'limi esa hozirda o'zlarining ishlari bilan bandlar. Ammo bu paytda hududiy assotsiatsiya yordamga kelishi kerak nazarimizda. Ushbu qishloqqa bir marta ham kelmagan futbol mutassaddilaridan nazarini va ozgina bo'lsa ham mehrini shu kichik maydonchaga qaratsa, balki kelajagi porloq yosh futbolchilarni kashf etishda katta yordam bergan bo'larmidi.






Shohruh Meylixolov
Agar sizning ham tumaningizda shunday qarovsiz stadionlar bo'lsa suratlari va ma'lumotlarni telegram orqali @chamasia ga yuboring.



