Pavel Smolyachenko “Metallurg”da

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 14:05
Bekobodliklar ham bu yil selekciya ishlariga alohida e'tibor qaratmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov tarkibda o'zgarishlarga qo'l urmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Pavel Smolyachenko ham kuni-kecha “Metallurg” yig'iniga borib qo'shilgan. O'tgan mavsumni Malayziya premer-ligasida o'tkazgan futbolchi aftidan bu yil yana O'zbekistonda o'ynaydi.

Ma'lumot uchun, Smolyachenko shu kungacha O'zbekistonning “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Buxoro” hamda “Andijon” singari jamoalarida o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia