Pavel Smolyachenko Malayziyaning "T-Team" klubi ko'rigida

Narzulla Saydullayev
5 dek 2016
Oliy liganing 2016 yilgi mavsumini "Buxoro" safida boshlab, uni "Andijon"da yakunlagan Pavel Smolyachenko ayni damda Malayziyada

Futbolchi Malayziyaning "T-Tim" (T-Team) klubida ko'rikdan o'tmoqda. Shu bilan birga Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dmitriy Sichev ham Smolyachenko bilan birga ko'rikda.

Eslatib o'tamiz, "T-Tim" sharafini Farhod Tojiev, Sadriddin Abdullaev va Dilshod Sharofetdinov kabi futbolchilarimiz himoya qilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia