Pavel Nedved: "Yuventus"da yarim final uchun imkoniyat bor"

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2015
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Pavel Nedved YCHL qur'asi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, turinliklar chorak finalda "Monako"ga qarshi bahs olib boradilar.

"Yuventus"da yarim finalga chiqish uchun imkoniyatlar etarli. Ammo, raqibni mensimaslik yaxshi emas. Bu bosqichda oson raqiblar bo'lmaydi. O'yinga bor e'tiborni qaratishimiz lozim. "Borussiya"ga qarshi o'yindagidek harakat qilishimiz lozim", - deydi "Yuventus" direktorlar kengashi a'zosi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net