

"Krishtianu bilan elkama-elka ajoyib uch yilni o'tkazdik. Kuchli jamoa jamlangan edi, Krish esa uni yanada kuchaytirish uchun kelgandi. Argentinada Messi va Krishtianu qarshiligini o'zgacha hissiyotlar bilan kuzatishadi. Bir narsa aniqki, bolalikda men Messi tomonida edim.
Yodimda, bir marta o'yinga samoletda uchib ketardik. Ronaldu oldimda o'tirgandi, ammo qaysidir pallada ortiga qaradi va biz futbol, turli narsalar haqida shunchaki suhbatlasha boshladik. Biz hayotimiz haqida gapirarkanmiz, bolaligimda uni yomon ko'rganimni aytdim, u esa kulib yubordi. Ikkalamiz ham bu narsani mazza qilib kulib gaplashgandik. U nafaqat zo'r futbolchi, balki ajoyib inson".



