"Parij" Bellingemga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Job Bellingem yanvar oyidayoq kyetishi mumkin.

20 yoshli futbolchining "arilar" asosiy tarkibida doimiy o'rni yo'q, shuning uchun mish-mishlar bir necha oydan beri bolalab kelmoqda. 

"Mirror Football"ning xabar berishicha, Fransiyaning "Parij" klubi angliyalik futbolchini sotib olmoqchi. "Borussiya"dagilar faqat ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Avvalroq Job Bellingemning Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Nemis grandi uni yoz boshida "Sanderlend"dan 30 million evrodan ortiqqa sotib olgandi. Transfermarkt uning hozirgi qiymatini aynan 30 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mirror Football