

Ronalduning fikricha, "Real" va uning prezidenti Florentino Peres Krishtianuga qarshi kampaniya tashkil qilishgan.
33 yoshli futbolchining taxminiga ko'ra, "Yil futbolchisi" sovrini g'olibini aniqlashda "Qirollik klubi" UEFA qaroriga ta’sir ko'rsatgan.
Krishtianu javob tariqasida Millatlar ligasiga boykot e'lon qilgan va ushbu musobaqa o'yinlarida ishtirok etmoqchi emas.
Oldinroq, Ronaldu Portugaliya terma jamoasining 2018 yildagi o'yinlarida ishtirok etmasligi e'lon qilingan edi.


