O'zPFL endi Pro liga maydonlarini ko'zdan kechiradi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024, 11:44
Ertaga, 23 yanvar sanasida Liganing maydonlar uchun javobgar mutaxassislari Xorazmga yo'l oladi.

Superliga maydonlaridan keyin navbat Pro liga maydonlariga yetib keldi. 

Reja bo'yicha Liga tarkibi 26 yanvar kuni G'uzor hamda Muborakda bo'ladi. 29 yanvar sanasida esa Yaypan hamda Qo'qondagi stadionlar ko'zdan kechiriladi. "Qizilqum" Superliga uchrashuvlarini "Buxoro" sport majmuasida o'tkazishidan kelib chiqib, "Buxoro" sport majmuasi avvalroq ko'zdan kechirilgan. 

"Aral" 2024 yilgi mavsumda ham sun'iy maydonda o'yin o'tkazadi. Ammo mazkur yilda Nukusdagi "Turon" va yana bir maydonda ta'mirlash ishlari olib borilishi ko'zda tutilgan. Bu haqda Liga keyinroq ma'lumot beradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz