

"Ko'pini kutishadi, ammo nimaga qodirligimni bilaman. Tanqid menga ta’sir qilmaydi. "Real"da, Germaniya terma jamoasida o'ynaganman. Doimo maqtov va tanqidlar bo'lgan, ammo bu meni faqat kuchliroq qiladi.
Kelajagim? Oldin aytganimdek, hozir eng asosiysi - "Arsenal". Klubning vazifasi bor va uni bajarmoqchimiz. Kuchli to'rtlikka kirishni istaymiz. Faqat bu ahamiyatga ega. Yozda shartnoma borasida suhbatlashamiz" - deydi Ozil.



