

9-daqiqada Qatar futbolchisi Hoshim Ali hisobni ochgan bo'lsa, 20-daqiqada Iordaniya a'zosi Muhammad Abu Razoq muvozanatni tikladi. Shu tariqa, o'rtoqlik o'yinida 1:1 hisobi qayd etildi.
Ma'lumot uchun, Qatar o'quv-yig'in mashg'ulotlarini 21 mayda boshlagan va u 28 maygacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Qatar olimpiya terma jamoasi O'zbekistonda o'tadigan U-23 Osiyo Kubogida "A" guruhida O'zbekiston, Turkmaniston hamda Eron bilan bir guruhdan joy olgan.
Iordaniya olimpiya termasi esa "B" guruhida Avstraliya, Kuvayt va Iroq bilan to'qnash keladi.
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o'yinlar bo'ladi?



