O'zbekistonlik murabbiy Kipr klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026, 13:39
31 yoshli murabbiy Sergey Smorodin "Krasava" jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shildi.

O'zbekistonlik mutaxassis jamoada darvozabonlar murabbiyi bo'ladi.

Smorodin bunga qadar "Paxtakor", "Neftchi" va "Andijon" tizimida ishlagan, shuningdek, Maldiv orollari va Ukraina klublarida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot o'rnida, "Krasava" jamoasi egasi Evgeniy Savin hisoblanadi. Kuni kecha jamoaga mashhur futbolchi "Real", "Valensiya" va "Sevilya" sobiq futbolchisi Denis Cherishev ham qo'shildi. 

"Krasava Eni Ipsonas" jamoasi ayni paytda chempionatda 12-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: krasavafc.com