

Futbolchi kuni kecha Odessa klubi bilan shartnoma tuzdi. "Chernomorec" Ukraina premer ligasida ishtirok etadi. Ayni paytda jamoa 18ta turdan so'ng 23 ochko bilan 12 klub orasida 7-pog'onada bormoqda.
Sergey Smorodin 1994 yil 15 fevral Toshkentda tug'ilgan.
Bo'yi - 186 sm
og'irligi - 80 kg.
Paxtakor klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Smorodin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida Meksikada o'tgan mundialda ishtirok etgan.
Oliy ligada Paxtakor, Andijon va Neftchi klublari sharafini himoya qilgan.
Chernomorec safida futbolchimiz 30-raqamda o'ynaydi.




