O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Eron asosiy tarkibida yo'qotish

Оқил Абдубарноев
17 noya 2025, 12:54
Bosh murabbiy uning o'rniga ikki nafar futbolchi chaqirdi.

Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Mohebi Al Ayn kubogi yarim finalida Kabo-Verdiga qarshi to'liq o'ynaganiga qaramay, keyingi mashg'ulotlar paytida jarohat olgani sababli terma jamoa lagerini tark etdi va O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Amir G'alinoi uning o'rniga Mehdi G'aidi va Mehdi Mohebilarni chaqirdi.

Avvalroq Amin Hazvabi Tehrondagi mashg'ulotlar chog'ida shikastlangani bois Birlashgan Arab Amirliklariga bormagani ma'lum qilingandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi Al Ain Cup finali 18 noyabr kuni Toshkent vaqqti bilan soat 21:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Parsfootball