

"18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.
Kuala-Lumpurda mahalliy vaqt bilan soat 14:30da o'smirlar chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ikki soatdan so'ng esa yoshlar chempionatiga qur'a tashlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlar chempionati sentyabr oyida Bahraynda, yoshlar o'rtasidagi chempionati esa oktyabr oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi belgilangan.
Ikkala turnirning ham bo'lib o'tashi sanasi o'zgartirilganicha yo'q, ammo muhokamalar boshlab yuborilgan", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida.



