O'zbekiston yoshlari "Astana" klubi bilan o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 16:18
Qozog'istonning "Astana" klubi BAAda O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmaydi.
"Astana"ga BAAda MICE agentligi o'yinlarni tashkil etib bermoqda. Ushbu agentlik vakili Lenarning "SA"ga bergan xabariga ko'ra, klubning BAA yig'inidagi ilk nazorat o'yini 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Oldinroq O'zbekiston yoshlari 8 yanvarda Qozog'iston klubiga qarshi o'ynashi haqida xabarlar chiqqandi. Bundan tashqari, "Astana" Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rad qilgan.

Ushbu agentlik Moskvaning "Spartak" va Ukrainaning "Metallist" klublariga ham o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etib bermoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia