O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Oq-tepa" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
15 may 2015, 19:40
Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) birinchi liga vakili "Oq-tepa" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. O'FF rasmiy tvitter akkauntida qayd etilishicha, tomonlarning kelishuviga ko'ra jamoalar penaltilar seriyasida g'olibni aniqlashdi. Unga ko'ra, yoshlar terma jamoamiz penaltilar seriyasida 4:3 hisobida  ustun kelishdi.

O'zbekiston (U-20) - "Oq-tepa" 1:1 (penaltilar seriyasi: 4:3)
Gollar
: avtogol 16 - Shog'ulomov 63

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia