

28 aprel kuni bo'lib o'tgan ilk uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozongandi. Kecha bu jamoalar ikkinchi bor o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi. Bu safar ham arablar xuddi shu hisobda zafar quchishdi - 3:2.
O'rtoqlik uchrashuvi
30.04.2016, Al-Xorba
Saudiya Arabistoni U19 – O'zbekiston U19 - 3:2
Eslatib o'tamiz, ushbu terma jamoamiz oktyabr oyida Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashadi. Kecha ushbu musobaqaga qur'a tashlandi. Unga ko'ra O'zbekiston Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan bir guruhdan o'rin oldi.



