

Dastlab, 11:00da boshlanadigan matbuot anjumanida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan OAV savollariga javob beradi. Soat 11:30da esa Yaman terma jamoasi vakillari ishtirokida matbuot anjumanining ikkinchi qismi boshlanadi.
"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi.



