O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugundan Toshkentda yig'inga kirishadi

Tolibjon Qosimov
30 noya 2017, 10:40
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugun 30 noyabr kuni Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga kirishadi.

Bosh murabbiy yig'inga jami 23 nafar futbolchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mashal”);

Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G'ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Nodir Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo'qon-192”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G'iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 termasi 7 dekabrga qadar Toshkent temir yo'llari muhandislari instituti stadionida  mashg'ulot olib borishadi. Yig'in davomida bitta nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

7 dekabr kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandning Buriram shahriga yo'l oladi. U yerda vakillarimiz “M150 Cup-2017” xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi a'zolari “B” guruhida Myanma  va Vetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com