O'zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2018, 15:01
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq bo'ldi.

"A" guruhida ikkinchi o'rinni egallab keyingi bosqchiga chiqqan O'zbekiston chorak finalda "B" kvartetida birinchi o'rinni egallagan Yaponiya bilan o'ynaydigan bo'ldi. Yaponlar o'z guruhidagi uchala o'yinda ham g'alabaga erishdi. Ushbu uchrashuv 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Qatar esa Falastin bilan bellashadigan bo'ldi. 

Chorak finalning qolgan juftliklari "C" va "D" guruhlarida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tgach ma'lum bo'ladi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia