O'zbekiston U-19ning Osiyo chempionati saralashidagi o'yinlar taqvimi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2015, 15:11
Avval xabar berganimizdek, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi 28 sentyabr – 6 oktyabr sanalarida Osiyo chempionatiga saralash o'yinlarida ishtirok etadi.

5 iyun kuni bo'lib o'tgan qur'a natijalariga ko'ra O'zbekiston “A” guruhidan o'rin oldi. Ushbu bosqichda ularga Bangladesh, Pokiston, Shri-Lanka hamda Butan jamoalari qarshilik qiladi.

Shri-Lanka mezbonlik qiladigan ushbu saralash bahslarining taqvimi ham ma'lum qilindi.

Unga ko'ra O'zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvni 30 sentyabr kuni Shri-Lankaga qarshi o'tkazadi.

Ikkinchi uchrashuv 2 oktyabr Butan, uchinchi o'yinda 4 oktyabrda Pokiston va so'nggi o'yin 6 oktyabr kuni Bangladeshga qarshi bo'lib o'tadi.

“A” guruhi o'yinlarining to'liq taqvimi:

28 sentyabr, 2015.

Pokiston – Bangladesh

Butan – Shri-Lanka

30 sentyabr, 2015.

Shri-Lanka – O'zbekiston

Butan – Pokiston

2 oktyabr, 2015.

O'zbekiston – Butan

Bangladesh – Shri-Lanka

4 oktyabr, 2015.

Bangladesh – Butan

Pokiston – O'zbekiston

6 oktyabr, 2015.

Shri-Lanka – Pokiston

O'zbekiston – Bangladesh


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com