Sergey Lushan bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 23 may kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. Sergey Lushan shogirdlari 24 may kuni yig'in davomidagi ilk o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida Toshkentning Lokomotiv klubiga qarshi maydonga tushdi. Toshkent viloyatidagi Do'stlik stadionida bo'lib o'tgan o'yin gollarga boy bo'ldi va unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Zabihillo O'rinboev, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov hamda Izzat Abdullaevlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. Yetakchi futbolchilari milliy terma jamoa yig'iniga jalb etilgan va uchrashuvda aralash tarkibi bilan to'p surgan Lokomotiv safida gollarga Farhod Tojiev va Vyacheslav Shevchenko (2 marta) mualliflik qilishdi.
Ma'lumot o'rnida, 30 may kunigacha davom etadigan yig'in davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) yana ikkita nazoaat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar (U-19) o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.
Nazorat uchrashuvi. 24 may.
Toshkent vil. Do'stlik stadioni.
O'zbekiston (U-19) - Lokomotiv Toshkent - 4:3
Gollar: Z. O'rinboev (pen), O. Shukurov (pen), I. Abdullaev, E.Shomurodov – F. Tojiev, V. Shevchenko (2ta)