O'zbekiston U-19 termasi ikkinchi o'yinda Armanistonga mag'lub bo'ldi

Tolibjon Qosimov
10 avg 2017, 10:08
Armaniston poytaxti Erevan shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi Armaniston yoshlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Dastlabki o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozongan Aleksandr Mochinov shogirdlari ikkinchi uchrashuvda 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'zbekiston yoshlar termasi safida yagona golga Dilshod Saidov mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar termasi U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining “B” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhning saralash o'yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Erevan, Armaniston
9 avgust, dushanba

Armaniston U-19 – O'zbekiston U-19 - 4:1
Gollar: Armen Xovxannisyan (26, 59, 61), Ovannes Arutyunyan (40, penalti) – Dilshod Saidov (51, penalti)

O'zbekiston U-19: Umidjon Ergashev, Abubakir Mo'ydinov, Suhrob Izzatov, Dilshod Saidov, Ibrohim Yo'ldoshev, Javohir Qilichev, Rasul Yo'ldoshev, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov, Shahboz Umarov.

Zaxira: Bobur Asqarov,Nodir Kuybokov, Ayubxon Azimov, Abbos Jumaqulov, Sanjar Zokirov, Akmal Mozgovoy.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com