O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi nazorat o'yinida Bunyodkorni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
2 avg 2014, 16:25
Toshkent shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 1 avgust kuni kuni Toshkentning Bunyodkor klubi ayollar jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ayni damda Vyacheslav Soloxo bosh murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini 29 iyul kuni boshlangan va bu yig'inga jami 23 nafar futbolchi taklif etilgan. 30 iyul kuni O'zbekiston U-19 ayollar termasi Bekobodning Metallurg klubi ayollar jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushib 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

Ma'lumot o'rnida, 3 avgust kunigacha Toshkentda mashg'ulot o'tkazadigan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig'inni davom ettirish uchun 4 avgust kuni Vetnamga uchib ketadi. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollar termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Rejaga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yinlari 6 va 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Takidlash lozim, ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Nazorat uchrashuvi.
1 avgust, juma.
O'zbekiston U-19 (ayollar) - Bunyodkor (ayollar) 3:0
Gollar:
N. Qudratova (2ta), L. Norbekova.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com