O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Avstraliyaga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2015, 14:56
Vyacheslav Soloxo boshchiligidagi 19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi Nankin shahrida o'tkazilayotgan Osiyo chempionati final bosqichidagi uchinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi.

“A” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining uchinchi turdagi raqibi Avstraliya terma jamoasi bo'ldi. Ushbu uchrashuvda o'zbekistonlik qizlar 0:2 hisobida raqiblariga mag'lub bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 18 avgust kuni O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi birinchi turda musobaqa mezbonlari - Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushib 0:9 hisobida imkoniyatni boy berishgandi, 20 avgustda esa qizlarimiz Yaponiyaga 0:6 hisobida yutqazgandi.

U-19 ayollar Osiyo chempionati.
Nankin, Xitoy.
O'zbekiston – Avstraliya 0:2
Gollar:
Ayesha Kirbi 37, Chloe Obrayn
O'zbekiston: Laylo Tilolova, Gulhayo Mannoboeva, Lianna Norbekova, Maftuna Shoimova, Umida Zoirova, Dilnoza Bektemirova, Dildora Nozimova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova (Shahnoza Qurbonova, 18),  U.Qudratova, Feruza Boboxo'jaeva (Dildora Ergasheva, 46).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia