O'zbekiston U-18 futbolchisi Abdulloh Omonaliev: "Ortga sovrin bilan qaytishni maqsad qilganmiz"

Iskandarov Abdulaziz
27 may 2023, 21:35
Xabaringiz bor, ayni paytda Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Tojikistonda CAFA turnirida ishtirok etmoqda

Vakillarimiz kuni kecha mezbonlar bilan kuch sinashishdi (1:1), oldinda esa ularni Afg'onistonga qarshi bahs kutmoqda. Mazkur o'yin oldidan terma jamoa futbolchisi Abdulloh Omonalievning fikrlari bilan qiziqdik. 


-  CAFA musobaqasi qanday taassurot qoldirmoqda?

- Turnir yaxshi o'tmoqda. Barcha sharoitlarni yaratib berishyapti, deya olaman. 3ta uchrashuv o'tkazdik, ertaga so'nggi o'yinimiz. G'alaba qozonib ortga sovrin bilan qaytishni maqsad qilganmiz. 

- Tojikiston bilan so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Turli buyumlar otilganini futbolchilar qanday qabul qildi?

- Ochig'i bunday holat yuz berishini kutmagandik. Biz goldan so'ng hissiyotlarimizni yashira olmasdik. 

Abdulloh Omonaliev 2-raqam

- Uchrashuvlar qanday maydonlarda o'tmoqda?

- Maydonlar yaxshi, deb o'ylayman. Aslida CAFA turnirlari sun'iy maydonda o'tishi kerak edi. Bizni o'ylab tabiiy maydonga ko'chirishdi. Tashkilotchilarga buning uchun minnatdorchilik bildiramiz. 

- Afg'oniston bilan uchrashuvga tayyorgarlik qanday ketyapti? Raqibning darajasi futbolchilarning haddan ortiq xotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmayaptimi?

- Tayyorgarlik a'lo darajada. Barcha jamoaga bir hilda munosabatda bo'lamiz. Bu hali boshlanishi. Oldinda bizni katta maqsadlarimiz kutyapti. Shu bois bo'shashmasligimiz zarur. 


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia