O'zbekiston - Turkiya o'yiniga akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013, 12:11
14 avgust kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston hamda Turkiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga OAV hodimlarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni 5 avgust kuni yakuniga etadi.
O'FF matbuot xizmati mazkur o'yin uchun akkreditatsiya jarayoni boshlangani haqida avvalroq xabar bergan edi. Eslatib ztamiz, O'zbekiston – Turkiya o'yini uchun akkreditatsiyadan o'tish istagida bo'lgan OAV hodimlari o'z akkreditatsiya zayavkasini O'FF matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak.

Akkreditatsiya zayavkasi namunasi bilan Hujjatlar bo'limidagi Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin. O'zbekiston –Turkiya o'yini uchun akkreditatsiyadan o'tish jarayoni 5 avgust kunigacha davom etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Turkiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 14 avgust kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 19:00ga belgilangan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com