O'zbekiston terma jamoasi kecha yubiley g'alabasini qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2019, 15:50
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Yamanni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu g'alaba terma jamoamiz uchun mundial saralashlaridagi yubiley 50-g'alaba bo'lib tarixdan joy oldi.

Kechagi o'yin O'zbekiston uchun JCH saralashlaridagi 96-uchrashuv edi. Bu o'yinlarda terma jamoamiz 50ta g'alabadan tashqari 19ta durang va 27ta mag'lubiyat qayd etgan.

Saralashlaridagi to'plar nisbatimiz ajoyib: 182:97.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston navbatdagi bahsni 15 oktyabr kuni Singapurga qarshi safarda o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia