O'zbekiston terma jamoasi bugun "Amkar" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017, 09:15
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazishi haqida xabar bergandik.
Mazkur yig'in doirasida O'zbekiston terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bugun, 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan o'ynaydi. Ertaga, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.


Yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Shohruz Norxonov (“Obod”).

Bo'lajak yig'in FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o'quv-mashg'ulotlariga taklif etilmadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia